“Bashnya togʻa”ning kirdikorlari fosh etildi
Foto: Arxiv surat
Xalqimizda “suv keltirgan elda aziz” degan hikmatli gap bor. Ariq qazigan, quduq kovlagan va suv chiqarishga hissa qoʻshgan insonlar doimo yaxshi nom bilan qadrlanib, eslanib kelinadi.
Ammo oramizda shunday insonlar ham borki, oʻzining nafsi uchun xalq mulkini talon-toroj qilib butun bir mahallani suvsiz qoldirishdek jirkanch ishga bosh-qosh boʻlishdan ham or qilmaydi.
Jamshid Malikov yaqin bir yil ichida mahallada “bashnya togʻa” degan nom chiqardi. Ilgarilari uni koʻpchilik “zakonchi togʻa” deb tanirdi. Nafaqaga chiqquniga qadar bir korxonada iqtisodchi boʻlib ishlab, hammani ustidan yozaman deb qoʻrqitib, koʻpchilikning nazaridan qolgan shaxs. Tanigan hamkasblarining eslashicha, uning ishga kelganidagi shiori “shaxsiy ishlar birinchi oʻrinda” boʻlgan ekan.
Bu inson nafaqaga chiqqach shaxsiy boylik orttirish maqsadida bir necha faollarni aldab, tanishlari orqali zamonaviy suv inshooti qurdirib berishni vaʼda qilib mahalladagi “Suvoqova” DUK tuman boʻlimi balansida boʻlgan boʻyi 26 metr, suv sigʻimi 160 kub metr boʻlgan suv inshootini buzib, undan chiqqan 26. 600 kg metall buyumlarni bozor bahosida temirfurushlarga sotib yuborgan.
Fargʻona tumani “Suvoqova” DUK xodimlari bilan til biriktirib, eski suv inshooti bino va inshootlarini buzishdan chiqqan jami 257,3 mln. soʻmlik qurilish materiallari va asosiy vositalarni bozor bahosidan 157,3 mln. soʻm arzon narxlarda baholatib, nomaʼlum shaxslarga pullagan. Shu tariqa korxonaning juda koʻp miqdordagi pul mablagʻlari talon-toroj qilingan.
Tergovga qadar tekshirishda “bashnya togʻa”ning kirdikorlari fosh etilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Yetkazilgan zarar qoplanishiga erishilib, aybdor shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlandi.
Otabek AZIMOV,
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Fargʻona tumani boʻlimi boshligʻi, 1-darajali yurist.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring