“Barselona” Joau Kanselu bilan shartnoma imzoladi

12:25 06 Yanvar 2026 Sport
199 0

Ispaniyaning “Barselona” klubi qishki transferlar oynasidagi dastlabki xaridini amalga oshirdi. Jamoa “Al-Hilol” klubi himoyachisi Joau Kanselu bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Insayderning yozishicha, Kataloniya klubi futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga oladi. 6 oylik ijara shartnomasi uchun “Al-Hilol” klubiga 4 million yevro toʻlanadi.

Maʼlumot uchun, Joau Kanselu “Barselona”ning sobiq futbolchisi hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi 2023/2024-yillarda ham ushbu jamoada toʻp surgan. Klub safida 42 oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol kiritishga ham erishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?