“Barselona”ning yangi bosh murabbiyi kim boʻlishi deyarli aniq — “Mundo Deportivo”
Foto: football.ua
Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniyaning “Barselona” klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin.
Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar bermoqda. Manbaga koʻra, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Shartnoma ikki yil muddatga imzolanishi kutilmoqda.
16-avgust kuni Kataloniya klubi prezidenti Xosep Bartomeu amaldagi bosh murabbiy Kike Setyen bilan shartnoma bekor qilinganini eʼlon qildi. Eʼtiborlisi, oradan bir necha soatdan keyin Ronald Kuman Barselona aeroportida kutib olingan.
Kike Setyenni jamoadan chetlatilishiga “Barselona”ning Chempionlar ligasi chorak final bosqichida “Bavariya”ga 2:8 hisobidan magʻlubiyatga uchragani asosiy sabab boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring