“Barselona“ qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi

09:20 23 Mart 2026 Sport
241 0

Kecha, 22-mart kuni Ispaniya La Ligasining 29-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidagi oʻyinda La Ligada peshqadam boʻlib turgan “Barselona“ jamoasi oʻz maydonida “Rayo Vallekano“ni qabul qildi.

Uchrashuv 1:0 hisobida “kataloniyaliklar“ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 24-daqiqada “koʻk-anorranglilar“ himoyachisi Ronald Arauxo mualliflik qildi. Taʼkidlash joizki, bu Ronaldning soʻnggi 11 ta oʻyindagi birinchi goli edi. Futbolchi oxirgi marta 2-fevral sanasida Ispaniya kubogi doirasida “Albasete“ klubiga qarshi oʻyinda gol urgan edi.

Shu tariqa oʻyin “Barselona“ning muvaffaqiyati bilan tugadi. Ushbu gʻalaba evaziga Xans Flik jamoasi ochkolari sonini 73 taga yetkazib oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?