«Barselona» mavsumning soʻnggi oʻyini oldidan Xavini isteʼfoga chiqardi
Arxiv surat
Ispaniyaning «Barselona» klubi mavsumning soʻnggi oʻyinidan oldin bosh murabbiy Xavini isteʼfoga chiqardi.
Jamoaning sobiq futbolchisi yanvar oyida «Barselona»ni tark etishini eʼlon qilgan, biroq aprel oyida klub prezidenti Joan Laporta uni qolishga koʻndirgan edi. Ammo Xavini klubning moliyaviy muammolari haqida gapirgan soʻnggi izohlari Laportaning jahlini chiqargan.
Klubning qarori haqida Xaviga Laporta va sport direktori Deko bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qilingan. Uning oʻrniga «Bavariya»ning sobiq bosh murabbiyi Xansi Flik tayinlangan.
Shunga qaramay, Xavi La Liganing soʻnggi turidan oʻrin olgan «Barselona» «Sevilya» uchrashuvida kataloniyaliklarni maydonga boshlab chiqadi.
Xavi futbolchi sifatida 1991 — 2015-yillar «Barselona» sharafini himoya qilgan. Faoliyatini yakunlaganidan soʻng 2019 — 2021 Qatarning «Al-Sadd» jamoasini boshqargan. U 2021-yilda «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring