“Barselona” yirik hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 25-yanvar kuni Ispaniya La Ligasining 21-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Barselona” jamoasi “Real Ovyedo” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv “kataloniyaliklar”ning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 52-daqiqada Dani Olmo tomonidan ochildi. “Barselona”ning hujumda oʻtkazgan kuchli pressingidan soʻng, ispaniyalik futbolchi soʻnggi zarbani aniq yoʻlladi.
Oradan 5 daqiqa oʻtib, “Real Ovyedo” futbolchilari himoyada jiddiy xatoga yoʻl qoʻydi. Bundan “Barselona”ning braziliyalik futbolchisi Rafinya unumli foydalanib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.
73-daqiqada Lamin Yamal chap qanotdan yoʻllangan uzatmani akrobatik uslubda raqib darvozasiga joylab qoʻydi. Shu tariqa oʻyin 3:0 hisobida yakunlandi. Ushbu gʻalabadan soʻng “Barselona” klubi yana La Ligada peshqadam boʻlib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring