“Barkamol avlod“ bolalar markazlari maktablarga aylantirildi
Maktablar qoshida 100-200 oʻrinli bolalar sayyohlik bazalari, XTV boshqarmalari huzuridagi axborot-resurs markazlari negizida bolalar kutubxonalari tashkil etiladi. Bu haqdagi tegishli qaror 30-sentyabr kuni Prezident tomonidan imzolandi, deb yozadi Norma.uz.
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “STEAM –taʼlim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – muhandislik, Art – sanʼat, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi. 2020-yil 1-yanvardan boshlab ularda robototexnika, mexatronika, muhandislik, dasturlash va xorijiy tillarni oʻrganish toʻgaraklari tashkil etiladi. Mazkur yoʻnalish davlat-xususiy sheriklik mexanizmi asosida yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yilga qadar jami toʻgarak rahbarlari soniga nisbatan 50% oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan toʻldiriladi, robototexnika va muhandislik toʻgaraklari ulushi jami toʻgaraklar soniga nisbatan 10%ga yetkaziladi. Bu yerdagi oʻquvchilar soni umumtaʼlim maktablaridagi oʻquvchilar sonining 10,5 foizini tashkil etadi. Eksperiment tariqasida har bir tumanda bitta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining tarmoq toʻgaraklari tashkil etiladi.
Bolalar sayyohlik bazalarida “Yosh sayyoh”, “Yosh ekskursovod”, “Yosh oʻlkashunos” toʻgarak aʼzolari oʻlkamiz tarixi, qadimiy va muqaddas qadamjolar, milliy urf-odatlarimiz bilan yaqindan tanishtiriladi. Bolalar kutubxonalari kitob mutolaasi madaniyatini oshirishga, oʻquvchilar orasida “Yosh kitobxon”, “Kitobxon maktab”, “Eng yaxshi kutubxonachi” va boshqa tadbirlarni tashkil etishga koʻmaklashadi.
2020-yilda A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maktabdan tashqari taʼlim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun yangi kafedra ochiladi. Zamonaviy taʼlim texnologiyalari, shu jumladan masofaviy taʼlim texnologiyalari qoʻllaniladi. Kafedra Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ahmad Donish koʻchasi, 72-A uy manziliga joylashtiriladi.
2020–2023-yillarda yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal taʼmirlanadigan bolalar maktablari va kutubxonalarining asosiy parametrlari tasdiqlandi. Bu bilan bogʻliq tashkiliy masalalar hal etildi. Xususan, Xalq taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari uchun oʻquvchilarning muhandislik, robototexnika, mexatronika va dasturiy taʼminot yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarda foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xom ashyolar va jihozlarni davlat xaridlari doirasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilishga ruxsat etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring