Barcha maktablarda “Shaxmat sinflari” ochiladi

14:46 09 Yanvar 2021 Sport
597 0

Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʼlum qildi:

— Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat byudjetidan 100 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi. Hozirda sport bilan doimiy shugʻullanish koʻrsatkichi 19% boʻlib, 2021-yil yakunigacha bu koʻrsatkich 25%ga yetkaziladi.

Turli yoshdagi yoshlarni qamrab oladigan futbol boʻyicha “Charm toʻp” Bosh vazir kubogi oʻtkaziladi. Kelgusi yilda 916 km “Salomatlik yoʻlaklari” barpo etiladi.

Mahallalarda 500 ga yaqin stritbol maydoni, 355 ta badminton maydoni, qoʻshimcha ravishda 420 ta mini futbol maydoni, 350 ta koʻchada vorkaut maydonchasi quriladi.

70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingga yaqin bogʻcha va 10 000 ta maktab jami 120 mlrd soʻmlik birlamchi sport jihozlari bilan taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?