Barakali bozor – farovon turmush asosi

15:57 16 Iyun 2025 Jamiyat
166 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda bozorlarning alohida oʻrni bor. Shahrixon tumani dehqon bozorida 150 nafar tadbirkor tomonidan xaridorlarga sifatli xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Bu maskanda dehqonlarga ham qulay sharoit yaratilgan.

— Tomorqamda bodring, pomidor, baqlajon yetishtiraman, — deydi Segazaqum mahallasida yashovchi Obidjon Abdullajonov. — Roʻzgʻordan ortganini bozorda sotaman. Buning uchun dehqonlarga ajratilgan pavilyondan foydalanaman. Bu yerda yilning toʻrt faslida, har qanday ob-havo sharoitida savdo qilish mumkin.

Ushbu bozorda dehqonlar va tomorqachilar uchun “Daladan bozorgacha” nomli savdo rastalari ham tashkil etildi. Unda sarxil meva-sabzavotlardan tortib, chorva mahsulotlarigacha xarid qilish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?