Banklar portfelida muammoli kreditlarni bartaraf etishga qaratilgan qonun maʼqullandi

14:52 04 Sentyabr 2025 Siyosat
94 0

Senatning oʻninchi yalpi majlisida “Kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatorlar tomonidan ushbu Qonunni qabul qilish zaruratiga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, islohotlar jarayonida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini raqamlashtirish, inson omilini kamaytirish, sud hujjatlarini ijro etishdan har qanday boʻyin tovlashning oldini olish, fuqarolarning mol-mulki va pul mablagʻlari daxlsizligini kafolatlashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Ushbu Qonunda ijro hujjatlari asosida auksion savdolarida sotilmagan mol-mulk undiruvchiga natura shaklda oʻtkazilayotganda roʻyxatdan oʻtkazuvchi idora tomonidan qoʻyilgan barcha taqiqlar davlat ijrochisining qarori asosida bekor qilinishi belgilanmoqda. Bunda davlat ijrochisining qarori mol-mulkni taqiqlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos boʻlishi mustahkamlanmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Qonunni ishlab chiqishda bir qator ilgʻor davlatlarning qonunchilik tajribasi oʻrganilgani hamda inobatga olingani taʼkidlandi.

Qonun kreditorlarning garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan huquqlari ustuvorligini taʼminlashga, mol-mulkka nisbatan qoʻyilgan taʼminlovchi choralar davlat ijrochisining qarorlari asosida bekor qilinishiga, kredit tashkilotlarining muammoli aktivlar ulushini kamaytirishga hamda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini samarali himoya qilishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Yunus Boʻriyev (foto), Otabek Saidahmadov

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер