Baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun garovsiz kredit beriladi

“Baliqchilik xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv boʻyi turizmi maskanlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–281-son, 18.08.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-oktyabrdan quyidagilar tadbirkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi:
— davlatga tegishli tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar uchun;
— tabiiy va sunʼiy suv havzalari (suv omborlari) hamda daryo atrofidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari – suv boʻyida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni (oʻtov lagerlari majmuasi, konteynerlarni) joylashtirish uchun.
Qarorga koʻra, 2024-yilda respublikada:
➖ 900 ming tonna baliq yetishtirish;
➖ 35 240 gektar sunʼiy suv havzalarini intensivlashtirib, 513 600 tonna baliq yetishtirish;
➖ 9 000 xonadonda intensiv usulda baliq yetishtirishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan.
2024-yil 1-yanvardan “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida aholi va tadbirkorlarga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring