Baliqchilik klasteriga asos solindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 7-may kuni Andijon, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatlari tuman va shaharlarining iqtisodiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Andijon, Navoiy hamda Surxondaryo viloyatlarida sanoatni rivojlantirish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash, xizmat koʻrsatishni yaxshilash, qishloq xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha alohida vazifalar belgilandi. Maqsad –aholi farovonligini oshirish, oilalarni kambagʻallikdan olib chiqishdan iboratdir.
Andijon viloyatida bu borada keng koʻlamli ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, Ulugʻnor tumanida baliqchilikka ixtisoslashgan klasterlar faoliyatini yana-da kengaytirish maqsadida 100 gektar yerga intensiv baliq yetishtirish ishlariga kirishildi. Ayni paytda maydonni baliqchilikka moslashtirish, suv chiqarish va elektr tarmogʻini tortish ishlari olib borilmoqda.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring