“Balcom BMW Cup” musobaqasi start oldi
Bugun, 20-sentyabr kuni Yaponiyaning Xirosima shahrida turli yosh toifalardagi terma jamoalar oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “Balcom BMW Cup” musobaqasi start oldi.
Ushbu musobaqada Vladimir Panov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi ishtirok etmoqda. Bugun jamoa musobaqadagi dastlabki oʻyinini oʻtkazdi.
Ushbu oʻyinda Panov shogirdlariga “Nagasaki U-18” jamoasi raqiblik qildi.
Oʻyin 3:3 hisobi bilan yakunlandi. Oʻzbekiston qizlar terma jamoasidan gollarga Mehribon Egamberdiyeva (2 ta) va Asalxon Aminjonova mualliflik qildi.
Panov boshchiligidagi jamoa keyingi oʻyinini 21-sentyabr kuni “INAC Kobe” jamoasiga qarshi oʻtkazadi.
Maʼlumot uchun, ayni vaqtda Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Osiyo chempionati musobaqasiga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda. Ushbu musobaqa 2026-yilning aprel oyida, Tailandda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring