Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori (674-son, 04.11.2021-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.
Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi.
Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda oʻqiyotgan talabalarga toʻlanadi.
Stipendiyalar uchun nomzodlarni koʻrsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15-avgust kunlari kiritiladi.
Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30-sentyabr kunlari koʻrib chiqiladi.
Stipendiyalar 1-sentyabrdan tayinlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring