Bayram munosabati bilan talabalarga poyezd chiptalari uchun 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi

Yangi yil bayrami munosabati bilan respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun poyezd chiptalariga chegirma eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, chegirma 23-dekabrdan 10-yanvargacha mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun amal qiladi. Bunda yoʻlovchi poyezdlarining temiryoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) taqdim etiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temiryoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishi mumkin.
Maʼlumot uchun, OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar oʻquvchilari uchun qishki taʼtil 25-dekabrdan boshlanadi. Darslar 8-yanvardan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring