“Bayram bayramga ulandi”: Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichining soʻnggi tur oʻyinida Qatarni tor-mor qildi
JCH-2026 saralash bocqichi soʻnggi tur bahslari doirasidagi Oʻzbekiston – Qatar uchrashuvi oʻz yakuniga yetdi. Ushbu uchrashuvda terma jamoamiz mundial yoʻllanmasini naqd qilgan jamoa sifatida maydonga chiqdi.
Oʻyinning birinchi boʻlimi dastlabki daqiqalaridanoq hamyurtlarimiz ustunlikni oʻz tomoniga ogʻdira olishdi. Ketma-ket hujumlar natijasida, 28 daqiqaga kelib Azizbek Turgʻunboyev ikki nafar Qatar terma jamoasi himoyachilarini dogʻda qoldirgan holda chiroyli zarbasi bilan hisobni ochdi.
Birinchi boʻlimning soʻnggi daqiqasigacha yigitlarimizda qator imkoniyatlar boʻldi, biroq hisob oʻzgarishsiz qoldi. Ikkinchi boʻlimning dastlabki daqiqalaridanoq terma jamoamiz aʼzolari hujumkor oʻyin namoyish etishdi. Shunday hujumlarning birida, 86 daqiqada terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov qiyin pasni boʻysundirib, Qatar darvozasini ishgʻol qildi va hisobni ikkita gol farqiga oshirdi.
Uchrashuvning asosiy qismiga qoʻshib berilgan vaqtda, endigina maydonga tushgan Igor Sergeyev ham oʻz nomini tabloga yozib qoʻyishga muvaffaq boʻldi. Shu tariqa Oʻzbekiston milliy terma jamoamiz JCH-2026 saralash bocqichi soʻnggi tur oʻyinida Qatar terma jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Uchrashuv, yirik, 3:0 hisobida hamyurtlarimiz foydasiga hal boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring