«Bayer Leverkuzen» magʻlubiyatsiz seriya boʻyicha rekord oʻrnatdi
Foto: Reuters
Germaniyaning «Bayer Leverkuzen» futbol klubi kuchli beshlik chempionatlarida eng uzun magʻlubiyatsiz seriya qayd etmoqda. Kecha ushbu jamoa Yevropa Ligasi doirasida Italiyaning «Roma» klubini mehmonda 0:2 hisobida magʻlub etib, yutqaziqsiz oʻyinlari sonini 47 taga (39 ta gʻalaba, 8 ta during) yetkazib oldi.
Natijada eng uzun magʻlubiyatsiz seriya qayd etgan jamoalar uchligi quyidagicha koʻrinish oldi: «Bayer Leverkuzen» – 47 ta oʻyin, «Yuventus» – 43 ta oʻyin, «Real Madrid» – 40 ta oʻyin.
Nemis klubini ayni paytda «Real Madrid», «Liverpul» va «Bavariya» klublari afsonasi Xabi Alonso boshqarmoqda. Garchi koʻplab takliflar boʻlishiga qaramay ispaniyalik murabbiy nemis jamoasi bilan shartnomasini uzaytirgan.
«Bayer Leverkuzen» ushbu mavsumda Germaniya chempionatida Bundesligada muddatidan oldin gʻoliblikka erishdi. Ushbu klub «Bavariya»ning 11-yillik ketma-ket chempionlik anʼanasiga nuqta qoʻydi.
Ayni paytda Xabi Alonso shogirdlari Germaniya liga kubogi hamda Yevropa ligasi bosh sovrini uchun kurashni davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring