“Bahs” qisqa metrajli filmi Yaponiyadagi ISCA xalqaro kinofestivalining Gran-pri mukofotiga sazovor boʻldi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Bahs” qisqa metrajli filmi Yaponiyada boʻlib oʻtgan ISCA xalqaro festivalining Gran-pri mukofotini qoʻlga kiritdi.
Ssenariy muallifi va rejissyor Gulnora Ivanova, operator Abdulaziz Asatullayev, postanovkachi rassom Behzod Alimardonov, bastakor Marat Shunkar, grimer Mavjuda Yoqubova, kartina direktori Sharif Qosimboyev.
Film ahmoqona tortishuv haqida hikoya qiladi. Baʼzida insolar haqligini isbotlashga urinib, oʻz yaqinlarini qanday xafa qilib qoʻyganliklarini bilmay qoladilar. Erishilgan bugungi gʻalaba hayot sarhisob qilinganidan keyin oʻz qiymatini yoʻqotadi. Filmning asosiy gʻoyasi shundaki, yaqin insonlar shubhali gʻalabalardan koʻra muhimroqdir.
“Bahs” dramasida bosh rollarni Oʻlmasjon Soriyev, Madina Odilova, Mahmud Ismoilov, Malika Ibragimova, Azamat Xasanboyev, Shuhrat Xoʻjayev ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi xodimlariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring