Bahodir Jalolovning jangi husnbuzar sabab bekor qilindi
Videodan kadr
Superogʻir vazn toifasidagi bokschimiz, ikki karra Olimpiada chempioni, Bahodir Jalolov 7-fevral tongida Kanadaning Monreal shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida fransiyalik Devid Spilmontga qarshi ringa koʻtarilishi kerak edi.
Afsuski, ushbu jang bekor qilindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi.
Xabarda aytilishicha, jangning bekor qilinishiga Jalolovning lab qismidagi kichik husnbuzar (ugri) sabab sifatida koʻrsatilgan.
Bokschilar 5-fevral oqshomida rasmiy tarozidan oʻtish hamda “face to face” marosimida ham ishtirok etishgan edi.
Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov profboksdagi faoliyati davomida hozirga qadar 14 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. Devid Spilmont esa shu kungacha 25 ta jang oʻtkazib, 16 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Gʻalabalarining 11 tasini nokaut orqali qoʻlga kiritgan.
Eslatib oʻtamiz, Jalolov oʻzining professional boksdagi soʻnggi jangini 2023-yil 17-noyabr kuni JAR vakili Kris Tompsonga qarshi oʻtkazib, ilk raunddayoq nokaut orqali gʻalabaga erishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring