Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum boʻldi
Charm qoʻlqop ustasi Bahodir Jalolov joriy yilning 6-oktyabr kuni, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida oʻtkaziladigan “IBA.PRO” boks oqshomida ringa koʻtariladi. Bu haqida sportchining oʻzi “Instagram” tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.
Jalolovga shu kuni rossiyalik 36 yoshli charm qoʻlqop ustasi Vitaliy Kudukov raqiblik qiladi. Kudukov ayni vaqtda professional boksda 10 ta jang oʻtkazib, ularning 7 tasida gʻalaba qozongan. Qolgan 3 ta jangda imkoniyatni boy bergan.

Maʼlumot uchun, Bahodir Jalolov oʻzining soʻnggi jangini joriy yilning aprel oyida, ukrainalik Igor Shevazuskiyga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalabaga erishgandi.
Jalolov shu yilning 27-iyul kuni AQSHning Nyu-York shahrida oʻtkaziladigan professional boks kechasida ham ringa koʻtarilishi kutilgan edi. Biroq uning raqibi, italiyalik Janmarko Kardilyoning sogʻligʻidagi muammolar sabab ushbu jang bekor qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring