Babayan «Navbahor»ni rasman tark etdi
Namanganning «Navbahor» klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan jamoani tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, u sogʻligida muammolar yuzaga kelganligi va davolanish koʻp vaqtni talab etishi bois shartnomani bekor qilgan. Bu «Navbahor» klubi rahbariyati hamda jamoa bosh murabbiyi oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga asosan amalga oshirilgan.
Samvel Babayan murabbiyligi ostida «Navbahor» Superligada 2022-yilda 2-oʻrin, 2023-yilda esa 3-oʻrinni egallagan. Shuningdek, oʻz tarixida ilk marta Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL)ning 2023-2024-yillar mavsumi bahslarida ishtirok etgan «lochinlar» qitʼaning mazkur nufuzli musobaqasida 1/8 finalgacha yetib borgan.
«Uning qoʻl ostida «lochinlar» ortda qolgan 2,5-yil davomida Superligada 64 ta oʻyin oʻtkazib, 33 gʻalaba, 20 ta durang va 11 ta magʻlubiyatni qayd etib, toʻplar nisbati 83:45 ni tashkil etgan holda, jami 119 ochko toʻplashdi. Biz Samvel Vyacheslavovichga «Navbahor»dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, tezroq shifo topishi, keyingi faoliyatida esa omad yor boʻlishini tilaymiz», deyilgan xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring