Ajiniyoz muzeyi ochildi

Gʻayrat OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yorqin namoyandasi Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining 200 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Ajiniyoz muzeyining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tantanali tadbirda soʻzga chiqqanlar Prezidentimizning shu yilning 16-iyuldagi “Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori asosida hassos shoirning yubileyi respublika va xalqaro miqyosda keng nishonlanayotganini alohida taʼkidlab oʻtishdi.
Muzeyning bir burchagi institut hayotiga bagʻishlangan boʻlib, undan 90 yillik toʻyini nishonlayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi dastlabki oliy taʼlim muassasasi – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tarixi, buguni toʻgʻrisida soʻz yurituvchi eksponatlar, xronologik fotogalereyalar, institutni boshqargan rektorlarning portretlari oʻrin olgani eʼtiborga molik.
Tadbirda ishtirokchilar muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, uni tashkil etgan fidoyi insonlarga minnatdorlik bildirdi. Mehmonlar muzeyning esdaliklar kitobiga oʻzlarining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.
Muzeyning ochilish marosimi yakunida institutning qobiliyatli talabalari hamda “Toʻmaris” xalq ansambli aʼzolari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring