Ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida siyosiy holat kuzatildi
Kecha, 2-mart kuni Avstraliyada ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasi start olgan edi. Musobaqa doirasida Eron Islom Respublikasi ayollar terma jamoasi Janubiy Koreya ayollar jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 3:0 hisobida koreyaliklarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyin oldidan esa bahsli holat kuzatildi. Anʼanaga koʻra, milliy terma jamoalar futbolchilari uchrashuvdan avval oʻz mamlakatlari madhiyasini kuylaydi. Biroq, Eron Islom Respublikasi ayollar terma jamoasi futbolchilari madhiyani ijro etmadi.
Ommaviy axborot vositalarida bu harakat ayni vaqtda Fors koʻrfazi hududida yuz berayotgan voqealarga nisbatan munosabat sifatida baholanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring