“Ayollar daftari”ga kirish emas, chiqish muhimroq
Shu kunlarda Qoʻqon shahrida “Ayollar daftari”ning navbatdagi bosqichi boʻyicha mahallalarda hatlovdan oʻtkazish ishlari boshlandi. Ayni jarayonda xotin-qizlarning muammolari oʻrganilib, roʻyxatga kiritish orqali tegishli yordam koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi.
Har bir sektor kesimida ishchi guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, unga mahalla yettiligi va faollari jalb etilgan. Shu tariqa mahalladagi xotin-qizlar faoli tavsiyasi asosida “Ayollar daftari”ga kiritiladigan xotin-qizga joriy yil davomida turli yoʻnalishlarda ijtimoiy yordam koʻrsatiladi. Ijtimoiy muammolari hal etilgach esa mazkur roʻyxatdan chiqariladi.
— 2023-yili shahar miqyosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2305 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 528 nafari daromadli kasb va hunarlarga bepul oʻqitildi, — deydi Qoʻqon shahar hokimi oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Nigora Ergasheva. — Oʻz navbatida 21 nafar oila bekalariga subsidiya asosida ishlab chiqarish dastgohlari topshirilgan boʻlsa, 472 nafariga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi.

Oʻtgan yil mobaynida 473 nafar boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qiz hamda 529 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan ayollarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatildi. 12 nafar xotin-qizga 174 million soʻmdan ziyod jarrohlik amaliyoti xarajatlari toʻlab berildi. 52 nafar ayolga reabilitatsiya vositalari (eshitish uskunalari, nogironlik aravachalari) topshirildi.
2024-yilda bu boradagi ishlar koʻlamini sifat va salmoq jihatdan yanada kengaytirish koʻzda tutilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring