Ayol qadri, inson qadri ulugʻlangan yurtda esa, tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka albatta barqaror boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

11:59 07 Mart 2022 Siyosat
1417 0

Foto: president.uz

Shu yili ipoteka kreditlari boʻyicha beriladigan subsidiyalarning 40 foizi xotin-qizlar uchun ajratiladi.

Bu muhtoj ayollarni 12 mingta qulay uy-joy bilan taʼminlash imkoniyatini beradi.

Faqat va faqat ayollarimizni qoʻllab-quvvatlash uchun 15 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli, xonadonlarimiz farishtasi boʻlgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu oʻnta yaxshilik boʻlib albatta, qaytadi.

Duogoʻy momolarimiz, mushtipar onalarimiz va aziz opa-singillarimiz bu ehtirom va eʼtiborning albatta qadriga yetadilar.

Ayol qadri, inson qadri ulugʻlangan yurtda esa, tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka albatta barqaror boʻladi, — deb taʼkidladi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?