Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi
Hukumat qarori (613-son, 20.11.2023-y.) bilan “Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlandi.
Unga koʻra, avtomototransport vositasiga ishonchnoma ariza beruvchi tomonidan YAIDXP (my.gov.uz)dan foydalangan holda, oʻzining va ishonchnoma berilayotgan shaxs(lar)ning biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlarini kiritish orqali mustaqil ravishda rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmati “Notarius” AATdan foydalangan holda YAIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.
Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga koʻra 1 oy, 6 oy va 3 yil muddatgacha beriladi.
Ariza beruvchi soʻrovnomada koʻrsatilgan avtomototransport vositasining mulkdori boʻlmasa, ishonchnoma rasmiylashtirilmaydi.
Ishonchnomaga kiritiladigan shaxslar soniga cheklov oʻrnatilmaydi.
Ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish uchun davlat boji uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida ishonchnomani notarial tasdiqlash uchun belgilangan davlat bojiga nisbatan quyidagi foizlarda undiriladi:
➖ 1 oygacha boʻlgan muddatga – 10 foiz;
➖ 1 oydan ortiq va 6 oygacha boʻlgan muddatga – 50 foiz;
➖ 6 oydan ortiq va 3 yilgacha boʻlgan muddatga – 100 foiz.
Elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda rasmiylashtirilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan bir xil yuridik kuchga egadir.
Ishonchnoma quyidagi holatlarda bekor qilingan hisoblanadi:
— ishonchnomaning amal qilish muddati tugaganda;
— ishonchnomani bergan shaxs tomonidan bekor qilinganda;
— ishonchnoma rasmiylashtirilgan vaqtdan soʻng ishonchnomani bergan shaxs muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
— ishonchnoma berilgan shaxs(lar) muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb topilganda yoxud u vafot etganda;
— avtomototransport vositasining mulkdori oʻzgarganda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring