Avtomashina ichini koronavirusga qarshi qanday dezinfeksiyalash mumkin?

18:15 12 Noyabr 2020 Jamiyat
990 0

AOKA press-xolida Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Botir Qurbonov aholidan tushgan savollarga javob qaytardi.

Savol: Avtomashina ichini koronavirusga qarshi qanday dezinfeksiyalash mumkin?

Javob: Koronavirus infeksiyasi yuza qismlarda, jismlar sathida bir necha soatdan 2-3 kungacha saqlanadi.

Avtomobilning eshik ochadigan joyi, qoʻl osti yostiqchasi, xavfsizlik kamarining qisqichi dezinfeksiyali salfetkalar bilan artilishi shart.

Transport vositasining ichki salonini doimiy ravishda shamollatib turish zarur.

Avtotransport vositalarini boshqarish qismlari, shuningdek, multimedia ekranlari dezinfeksiyalash vositalari (vodorod peroksid, 70 foizli spirt, tarkibida xlor boʻlgan vositalar), teri qoplamalar esa yuvish vositalari bilan muntazam ravishda artib turiladi.

Savol: Rossiyadan kelganlarda PZR testi maʼlumotnomasi mavjud boʻlsa, 14 kunlik karantinda boʻlishi shartmi?

Javob: Xorijdan kelayotgan shaxslarning Respublika hududiga kirishidan avval 72 soatdan kam boʻlmagan manfiy PZR test tahlil natijasi boʻlishi kerak.

Agarda 72 soatdan oshgan test tahlili va shaxsda kasallik belgilari (tana harorati koʻtarilgan, yoʻtal, shamollash alomatlari) boʻlsa, u holda uy sharoitida karantinga olinishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер