Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi bilan muhim kelishuvga erishildi
Avstriyaning “Bauer” kompaniyasi bilan Xorazmda 7,5 ming gektarda yomgʻirlab sugʻorish texnologiyasini joriy qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bunday texnologiya sinov tariqasida respublikadagi 24 ta fermerning 2,5 ming gektar maydonida joriy qilinib, suv sarfi 40 foizga, oʻgʻit sarfi 35 foizga, qoʻl mehnati 90 foizga kamayib, hosildorlik 25 foizga oshgan.
Bunda fermerlarga jami 15 million yevrolik yomgʻirlatib sugʻorish texnikalari tayyor oʻrnatilib, lizing asosida soʻmda yillik 2,5 foiz stavkada 10-yil muddatga beriladi.
Avstriya texnikalari uchun 10-yilga kafolat beriladi va mutaxassislar bepul oʻqitiladi.
Mutasaddilarga bu yil 1,5 ming gektarda 2 million yevrolik loyihani tajriba qilib, kelgusi yili buni 7,5 ming gektarda joriy qilish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring