“Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yiliga moʻljallangan davlat dasturi qabul qilindi

Illyustrativ foto
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida“gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Farmonga koʻra, “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida mamlakat rivojlanishining ustuvor yondashuvlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- mahallalarning ekologik qiyofasini yaxshilash, koʻchalarda yashillik darajasini oshirish, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhitini shakllantirish;
- aholining salomatligini yaxshilash, ekologik turmush tarzini shakllantirish va inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
- tabiiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni taʼminlash;
- oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash, koʻpaytirish va keyingi avlodga yetkazish hamda biologik xilma-xillikni saqlash;
- “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy qilish, iqtisodiyotni iqlim oʻzgarishiga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalashtirish;
- respublika energobalansida qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring