"AstraZeneca" vaksinasi boʻyicha yana bir haqiqat maʼlum boʻldi. Bu juda muhim

Foto: Reuters
Germaniya sogʻliqni saqlash vazirligi "AstraZeneca“ (Buyuk Britaniya/Shvetsiya) kompaniyasining ”COVID-19"ga qarshi vaksinasi atrofidagi vaziyatdan kelib chiqib oʻz qarorini qabul qildi.
Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Yens Span maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, mamlakatda mavjud boʻlgan vaksinalardan biri maʼlum bir yosh toifasi uchun katta xavf tugʻdirishi mumkin.
Qayd etilishicha, avvalroq Robert Kox instituti qoshidagi Emlash boʻyicha doimiy komissiya (STIKO) “AstraZeneca” vaksinasini qoʻllash boʻyicha tavsiyalarini oʻzgartirgan. Uning xulosasiga koʻra, preparat faqat 60 yoshdan oshganlarga moʻljallangan. Komissiyaning fikriga koʻra, preparat kamdan-kam hollarda emlashdan keyin 4-16 kun ichida tromboz holatlariga olib kelishi mumkin, asosan ushbu yosh chegarasidan past boʻlgan bemorlarda.
Shu bois 30-mart kuni Germaniyada “AstraZeneca” vaksinasi faqat 60 yoshdan katta odamlar uchun qoʻllanilishi maʼlum qilindi.
Ushbu qaror Yens Span va uning federal shtatlardagi hamkasblari ishtirok etgan konferensiyada qabul qilindi. Ushbu yosh chegarasidan kichik boʻlgan fuqarolar mazkur vaksina bilan oʻzlarining sogʻligʻi holatini shifokor baholagandan keyingina va toʻliq maʼlumotlardan soʻng individual xavf tahlili holatida olishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring