Asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan joriy etilgan imtiyozlar muddati uzaytirilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish toʻgʻrisida”gi, «Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalash faoliyati toʻgʻrisida»gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi kabi bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Fraksiya aʼzolari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qizgʻin muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasi qish-bahor mavsumida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan bozorni toʻldirish va aholi ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi Soliq kodeksining 1 ta moddasiga oʻzgartish kiritishni nazarda tutuvchi 3 ta moddadan iborat boʻlib, bir qator asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilgan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etish boʻyicha imtiyozlarni 2022-yil 30-aprelga qadar uzaytirish taklif etilmoqda. Yaʼni, ushbu muddatgacha oʻsimlik yogʻi, kungaboqar va zigʻir urugʻi, soya danagini olib kirish, oʻsimlik yogʻini (paxta yogʻidan tashqari) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaga, goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma va ularni olib kirish borasidagi imtiyozlar saqlab qolinadi.
Deputatlar tomonidan barcha qonun loyihalari partiya elektorati nuqtayi nazaridan kelib chiqib muhokama qilindi va maʼqullandi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston XDP fraksiyasi faoliyatiga oid masala – joriy yil IV choragida fraksiya tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati ham koʻrib chiqildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring