Ashraf Hakimi — yilning eng yaxshi futbolchisi, Yassin Bunu — eng yaxshi posbon
Kecha, 19-noyabr kuni Afrika futbol konfederatsiyasi 2025-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini oʻtkazdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.
Unga koʻra, PSJ va Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
“Ushbu sovrin faqat meniki emas. Bu barcha afrikaliklarga, futbolchi boʻlishni orzu qilgan yosh afrikaliklarga tegishli”, dedi Hakimi taqdirlash marosimidagi nutqida.
Eng yaxshi darvozabon sifatida esa Marokash terma jamoasining yana bir aʼzosi Yassin Bunu eʼtirof etildi.
Misr mamlakatidagi “Piramida” klubi yilning eng yaxshi klubi deb topilgan boʻlsa, U20 Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan Marokash yoshlar terma jamoasi qitʼaning eng yaxshi milliy jamoasi deb topildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring