Asakada tut plantatsiyasi kengaymoqda
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida pillachilikdan yiliga bir necha marotaba hosil olish yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu sohaning taraqqiy topishi ozuqa bazasini yanada mustahkamlashga boʻlgan ehtiyojni oshirmoqda. Shu bois Asaka tumanidagi adirlik hududidan 30 gektar maydonda tut plantatsiyasini barpo etishga kirishildi. “Asaka ipak impeks” pillachilik klasteri tomonidan olib borilayotgan koʻchat ekish ishlari oʻzgacha uslubda amalga oshirilmoqda.
— Biz koʻchatni ekib boʻlgach, tag qismidan kesib tashlayapmiz, — deydi klaster rahbari Mashrabjon Isoqov. — Shundan soʻng uni plyonka ostiga olyapmiz. Shu tarzda koʻkartirilgan koʻchat tez rivojlanib, moʻl hosil beradigan boʻladi. Plantatsiya adirlikda joylashganligi bois koʻchatlar tomchilatib sugʻoriladi.
Ayni paytda Asaka tumanining oʻzida 305 gektar maydonda tut koʻchatlari baravj rivojlanmoqda. Buning uchun bahorgi agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring