Asakada oqova suv tizimi yangilanmoqda
Shu kunlarda Andijon viloyatining barcha hududlarida aholiga sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Infratuzilmani takomillashtirish, zamonaviy loyihalarni hayotga tatbiq etish orqali fuqarolar turmush darajasini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Asaka tumanida oqova suv tarmogʻini yangilash ishlari olib borilyapti. Loyiha doirasida isteʼmolchilarning kundalik ehtiyojini qondirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda ekologiyaga boʻlgan munosabatni shakllantirish koʻzda tutilgan.

— Asaka tumanidagi oqova suv tarmogʻi 1975-yilda qurilgan boʻlib, bugungi kunda yaroqsiz holatga kelib qolgan, — deydi “Andijon suv taʼminoti” AJ oqova suv tozalash inshooti mexanik-texnologi Sultonboy Ibragimov. — Shu bois 2 ming 200 metr uzunlikda yangi quvur tortish ishlariga kirishildi. Buning uchun Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan “Sohib qurilish dizayn” MCHJ tomonidan toʻrtta texnika vositasi va 15 nafar tajribali ishchi jalb etilgan.
Loyiha foydalanishga topshirilgandan soʻng 170 dan ziyod korxona va tashkilot hamda 40 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatish sifati yanada yaxshilanadi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring