Asakada elektr taʼminoti barqarorligi taʼminlanadi
Asaka tumanidagi “Birdamlik” mahallasida endilikda elektr taʼminotida uzilish va muammolar kuzatilmasligi kutilmoqda. Boisi, bu masalada Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari jalb qilingan holda “Raqamli transformatsiya va taqsimlash tarmogʻining barqarorligini oshirish” loyihasi doirasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, “Asaka” podstansiyasidagi 2 ta transformator oʻrniga yuqori quvvatli yangi texnik vositalar oʻrnatildi.

— Elektr taʼminoti barqarorligi nafaqat aholining kundalik turmushiga, balki tumandagi yirik ishlab chiqarish va ijtimoiy soha muassasalari faoliyatiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali xodimi Muxlisaxon Sobirova. — Yangi quvvatlar orqali tadbirkorlar uchun ham imkoniyatlar kengayadi, aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondiriladi.
Darhaqiqat, yangi transformatorlarning ishga tushirilishi natijasida hududdagi 4 ta yirik isteʼmolchi, 375 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari va 22 mingdan ziyod xonadonlar uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlanadigan boʻldi.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring