“Arsenal“ London derbisida yana gʻalaba qozondi
Kecha, 1-mart kuni Angliya Premyer ligasining 28-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Arsenal“ jamoasi oʻz maydonida “Chelsi“ bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 2:1 hisobida Mikel Arteta boshchiligidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda hisob 21-daqiqada Vilyam Saliba tomonidan ochildi. Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan ikkinchi daqiqada Pyero Inkapye oʻz darvozasiga toʻp kiritib qoʻydi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida tugadi.
Ikkinchi boʻlimning 66-daqiqasida Yurriyen Timber “Arsenal“ga gʻalaba keltirgan golni kiritdi. Shu tariqa bahs 2:1 hisobida yakunlandi.
Ushbu gʻalaba evaziga, “Arsenal“ jamoasi ochkolari sonini 64 taga yetkazgan holda turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring