Arsen Venger “Arsenal”ga qaytishi mumkin. Buni Arteta ham tasdiqladi
Foto: AP
Angliyaning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta klubning sobiq bosh murabbiy Arsen Vengerni jamoaga qaytarish niyatida.
Venger “Arsenal”ni 2018-yilda 22 yillik boshqaruvdan soʻng tark etgandi. 72 yoshli Venger hozirda FIFAning jahon futbol boshqaruvi organida ishlamoqda.
Vengerning London klubiga qaysi vazifaga qaytishi kutilayotganligi nomaʼlum. Biroq muzokaralar olib borilayotganini Arteta tasdiqladi.
— Venger klubga qaysi vazifada qaytishi mumkinligini hozircha ayta olmayman. Men va klub uning bizga yanada yaqinroq boʻlishini istaymiz. Vengerning qaytishi klub uchun katta yordam boʻlardi. Oʻylaymanki, bu reja amalga oshsa, hamma xursand boʻladi, — dedi ispaniyalik murabbiy Goal nashriga bergan intervyusida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring