Armrestling sovrindorlari ragʻbatlantirildi

19:48 06 Dekabr 2023 Sport
201 0

Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan 2023/2024 oʻquv yilida oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari kursantlarini harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy- axloqiy ruhda hamda jismonan sogʻlom etib tarbiyalash boʻyicha hamkorlik rejasiga asosan, 2023-yilning 4-5-dekabr kunlari moliya vazirligi huzuridagi bojxona qoʻmitasi, bojxona institutida Oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida “Armrestling” sport turi boʻyicha musoboqa oʻtkazildi.

Mazkur musoboqada Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, Ichki ishlar Akademiyasi, Bojxona instituti, Jamoat xavfsizligi universitetidan yetti vazn boʻyicha 200 ga yaqin sportchi-kursantlar ishtirok etdi.

Kursantlardan kuch, chidamlilik va yuqori tezkorlikni talab etuvchi Armrestling sport turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada FVV Akademiyasi terma jamoasi nomidan Akademiya Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi dotsenti kapitan R.Choriyev hamda Amaliy oʻquv markazi ofitseri katta leytenant X.Madazimovlar murabbiyligida 20 nafar kursantlar faol ishtirok etdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, Akademiya kursantlari 5 ta bronza, 5 ta kumush, 2 ta oltin medallarni qoʻlga kiritib umumjamoa hisobida 2-oʻrinni egalladi.

1-oʻrin — Bojxona instituti jamoasiga;

2-oʻrin FVV Akademiyasi jamoasiga;

3-oʻrin — Qurolli Kuchlar Akademiyasi jamoasiga nasib qildi.

Musobaqa soʻnggida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va kubok bilan tantanali taqdirlandilar.

Farhodjon XOʻJAYEV,

FVV Akademiyasi katta oʻqituvchisi, mayor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер