Armanistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Armanistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi Georgi Kocharyan Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari topshirdi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.
Vazirning yozishicha, uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish yoʻllarini muhokama qilingan. Bunda katta salohiyatga ega koʻplab yoʻnalishlar mavjudligiga ishonch bildirilgan.

“Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi BAxtiyor Saidov.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasida diplomatik aloqalar 1995-yil 27-oktyabr kuni oʻrnatilgan. Shundan buyon ikki davlat oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik bosqichma-bosqich rivojlanib kelmoqda.
Armanistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi 2020-yil sentyabr oyidan faoliyat boshlagan. Ungacha diplomatik vakolatlar boshqa davlat orqali amalga oshirib kelingan. Elchixona Toshkent shahrida joylashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring