Armaniston AQSH bilan qoʻshma harbiy mashgʻulotlarni boshladi

17:18 11 Sentyabr 2023 Dunyo
1018 0

Foto: AP

Armaniston va AQSH tinchlikparvar kuchlari “Eagle Partner 2023” qoʻshma harbiy mashgʻulotlari boshlandi. Bu haqda AFP agentligi xabar bermoqda.

“Eagle Partner 2023” mashqlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi”, dedi AQSH armiyasining Yevropa va Afrika qoʻmondonligi vakili.

AQSH armiyasi vakiliga koʻra, marosim Yerevan yaqinida joylashgan Zar oʻquv markazida boʻlib oʻtgan. Aniqlik kiritilishicha, mashgʻulotlarga 85 nafar amerikalik va 175 nafar armanistonlik harbiy xizmatchi jalb etilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva va Yerevan mashgʻulotlarni Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bilan emas, AQSH bilan oʻtkazish qarorini tahlil qilinishini maʼlum qil di. U, shuningdek, Armaniston tomoni nima uchun Vashington bilan mashgʻulotlar oʻtkazishga qaror qilganini aniqlash zarurligini qayd etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?