Arizalarni sudga taalluqli boʻlmaganligi uchun rad etish taqiqlanadi — Prezident qarori

11:27 31 Yanvar 2022 Hujjatlar
3239 0

“Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda aholining sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–107-son, 29.01.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqishda maʼmuriy sudlarning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:

— maʼmuriy sudlarga dalillarni yigʻish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yigʻishda faqat oʻz imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi;
— davlat organlari qarorlari natijasida yetkazilgan zararni undirish talabini ham maʼmuriy sudga bildirish huquqi beriladi;
— maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qoʻllanadi.

Endilikda arizalarni sudga taalluqli boʻlmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatishni taqiqlanadi.

Arizalar sudga taalluqli boʻlmaganda ularni koʻrib chiqish vakolatli sudga oʻtkaziladi.

Bir sud ishi doirasida baʼzilari maʼmuriy sudga, boshqalari esa fuqarolik sudga taalluqli boʻlganda ularni birlashtirish taqiqlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?