Aralash yakkakurash boʻyicha oʻzbekistonlik jangchi 21 soniyada raqibini “yotqizdi”

04:20 16 Yanvar 2022 Sport
1822 0

Oʻzbekistonlik kikbokschi va aralash yakkakurash (MMA) jangchisi Anvar Boynazarov Legacy Fighting Alliance tashkilotidagi debyut jangida gʻalaba qozondi. Bu haqda “Lenta” xabar berdi.

Anvar Boynazarovga amerikalik Jon Fam qarshilik qilgan. Boynazarov raqibini 21 soniyada yiqitishga muvaffaq boʻldi. U tizzasini Famning boshiga urgan, keyin raqibni bir qator zarbalar bilan yiqitib, jangni yakunlagan.

Boynazarov professional MMAda ketma-ket uchinchi gʻalabani qoʻlga kiritdi. U birinchi ikkita jangni ham AQSHda oʻtkazgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?