“Aral” klubi Superliga yoʻllanmasidan quruq qoldi

17:36 16 Dekabr 2025 Sport
368 0

Bugun, 16-dekabr kuni Oʻzbekiston Superligasining 2026-yilgi mavsumida ishtirok etadigan soʻnggi jamoa nomiga oydinlik kiritildi.

Ushbu bahsda Pro ligada ikkinchi oʻrinni egallagan Nukusning “Aral” klubi oʻz maydonida pley-offda qatorasiga 2 ta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan “Buxoro” klubini qabul qildi.

Uchrashuv elita vakilining 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga Toma Tabatadze mualliflik qildi. Shu bilan Oʻzbekistonda 2025-yilgi futbol mavsumi oʻz nihoyasiga yetdi.

Maʼlumot uchun, 2026-yilgi mavsumi uchun bu yil Pro ligadan faqatgina “Lokomotiv” klubi elita vakillari qatoriga qoʻshildi. Oʻtgan mavsum Pro liganing birga toʻla 5 ta klubi Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?