AQSHning Nyu-Jersi shtatida kuchli oʻrmon yongʻinlari boshlandi

15:26 23 Aprel 2025 Dunyo
215 0

Foto: AP

AQSHning Nyu-Jersi shtatida taxminan 1300 gektar maydonni egallagan oʻrmon yongʻini boshlandi.

“CBS News” telekanali xabariga koʻra, Oushen okrugida 3000 nafar aholi evakuatsiya qilingan, 1300 ta bino xavf ostida qolgan.

Yongʻin 22-aprel, seshanba kuni sodir boʻlgan va hozir nazoratdan chiqib ketgan. Tabiiy ofat sabablari hozircha aniqlanmagan. Milliy ob-havo xizmati yongʻinga qurgʻoqchilik va 40 km/soatga yetgan kuchli shamol sabab boʻlganini bildirdi.

Yongʻin elektr energiyasining katta uzilishiga sabab boʻldi. Taxminan 23 000 isteʼmolchi elektr tarmogʻidan uzilib qolgan. Hozircha qurbonlar haqida maʼlumot yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер