AQSHda Ukraina yoʻqotilgan hududlarni unutishga chaqirildi
Foto: Reuters
Ukraina yoʻqotilgan hududlar boʻyicha murosaga kelishi kerak, chunki ular endi mamlakatga qaytmaydi.
AQSH Tashqi aloqalar kengashining sobiq prezidenti Richard Xaas CNN telekanaliga bergan intervyusida Kiyevni shunday qilishga chaqirdi.
“Ukraina hozir Rossiyaga tegishli boʻlgan hududning 20 foizini qaytarib beradi, degan gʻoya xayoliy, hozircha bu amalga oshishi uchun hech qanday shartlar yoʻq”, deydi amerikalik diplomat.
U shu oʻrinda Ukrainaga qolgan hududlarni saqlab qolishga eʼtibor qaratishni taklif qildi va Ukraina Qurolli Kuchlari muvaffaqiyatga erisha olmagani uchun Gʻarb tomonidan qoʻllab-quvvatlanish pasayishini taʼkidladi.
Avvalroq, AQSH Kongressi Vakillar palatasining razvedka boʻyicha maxsus qoʻmitasi raisi Mayk Tyorner Vashington Ukrainani 2023-yil oxirigacha yangi harbiy yordam paketisiz qoldirishini maʼlum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, mavjud qiyinchiliklar AQSH bilan Meksika chegarasidagi xavfsizlik holati bilan bogʻliq.
Bungacha AQSHning NATOdagi sobiq doimiy vakili Ivo Daalder Gʻarb davlatlari Kiyev tomonidan yoʻqotilgan hududlarga munosabatini qayta koʻrib chiqishlari va Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berishga eʼtibor qaratishlari kerakligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring