AQSHda ham uchar taksilar ishga tushiriladi

17:34 18 Noyabr 2023 Dunyo
572 0

Xitoydan keyin AQSHda ham uchar taksilar ishga tushiriladi: uni allaqachon Nyu-York ustida sinovdan oʻtkazishmoqda, 2025-yilga kelib yoʻlovchilarni tashishni boshlashadi.

Kaliforniyaning “Joby Aviation“ kompaniyasi uni 10 yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqmoqda. Xitoyliklardan farqli oʻlaroq, ularning taksisi uchuvchisiz emas — rulda odam boʻladi.

Uning maksimal tezligi 320 km/soatdan ortiq boʻladi va bir zaryadda 240 km masofagacha parvoz qiladi.
Parraklarning shovqin darajasi koʻchaning shovqinidan balandroq emasligi taʼkidlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер