AQSHda Yevropa Rossiyaga nisbatan tajovuzkor pozitsiyada boʻlishga chaqirildi
Illyustrativ foto
AQSHning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uitaker Yevropa davlatlarini Rossiyaga nisbatan tajovuzkorroq pozitsiyani egallashga chaqirdi.
U AQSHning Yevropa ittifoqchilari Ukrainaning harbiy xarajatlarini qoplash uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish rejalarini amalga oshirishni boshlashlari kerakligini taʼkidladi. Uitakerning taʼkidlashicha, bu choralar keyingi bir necha yil davomida Kiyevni moliyalashtirishda “muhim qadam” boʻladi.
“Menimcha, bu yangi bosqichni — yanada tajovuzkor Yevropani anglatadi. Ular uchun dadil harakat qilish vaqti keldi”, — deydi diplomat.
“Politico” nashri avvalroq Belgiya “nima boʻlganini tafsilotlarini bilmaguncha” muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishni maʼqullamasligi haqida xabar bergan edi. Mamlakat rahbariyati Yevropa Ittifoqini potensial xavflarni baham koʻrishga undashda davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring