AQSH va Ukraina qoʻshimcha qimmatli minerallar boʻyicha iqtisodiy kelishuv imzoladi

2025-yil 30-aprel kuni AQSH va Ukraina oʻrtasida muhim iqtisodiy kelishuv imzolandi. Unga koʻra, AQSH kompaniyalari Ukrainadagi noyob qimmatli minerallar va tabiiy resurslarga ustuvor ravishda investitsiya kiritish huquqiga ega boʻladi. Kelishuv Ukraina tomonidan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini olib borishda AQSH prezidenti Donald Trampning qoʻllab-quvvatlashini mustahkamlash maqsadida amalga oshirildi.
Tramp soʻnggi paytlarda Ukrainadan harbiy yordam uchun kompensatsiya talab qilgan va kelishuv Kiyev uchun ushbu talablar fonida strategik ahamiyat kasb etadi. Yangi kelishuv AQSH kompaniyalariga alyuminiy, grafit, neft va tabiiy gaz kabi asosiy resurslar bilan bogʻliq yangi investitsiya loyihalarida birinchi navbatda ishtirok etish huquqini beradi.
Ukraina rasmiylarining taʼkidlashicha, ushbu kelishuv mamlakat iqtisodiy tiklanishini jadallashtirish va AQSHning siyosiy yordamini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.
AQSH Moliya vaziri Skott Bessent oʻzining X sahifasida Trampning bu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarini olqishlab, shunday yozdi: “Bugun AQSH va Ukraina oʻrtasida tarixiy iqtisodiy hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu bilan AQSH-Ukraina Tiklanish Investitsiya Fondi tashkil etildi. Iqtisodiy xavfsizlik – milliy xavfsizlikdir”.
Ukraina Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko ham X ijtimoiy tarmogʻida “Ukraina Hukumati nomidan AQSH–Ukraina Tiklanish Investitsiya Fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvni imzoladim. AQSH bilan birgalikda mamlakatimizga global sarmoyalarni jalb etuvchi Fondni yaratmoqdamiz”, deb yozdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring