AQSH uchun Eronga qarshi urushning birinchi haftasi qanchaga tushgani ochiqlandi

16:19 08 Mart 2026 Dunyo
601 0

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Isroilning Eronga qarshi harbiy operatsiyasining birinchi haftasi Vashingtonga taxminan 6 milliard dollarga tushdi, deb yozmoqda “The New York Times”.

Gazeta maʼlumotiga koʻra, AQSH mudofaa vazirligi bu hafta Kongressga dastlabki yetti kundagi jang xarajatlari taxminan 6 milliard dollar boʻlganini bildirgan. Mablagʻning qariyb 4 milliardi oʻq-dorilarga, jumladan raketalarni ushlab qoluvchi tizimlar uchun sarflangan.

Qayd etilishicha, Tehrondagi obyektga berilgan zarba urushning birinchi haftasidagi vaziyatning murakkabligini koʻrsatadi: Qoʻshma Shtatlar va Isroilning zaiflashgan raqibga qarshi havodan keng koʻlamli zarbalari davom etmoqda, ammo “yakun” qanday boʻlishi haqida aniq javoblar yoʻq. Jang boshlanganidan buyon koalitsiya kuchlari Eron hududidagi pozitsiyalarga, jumladan ballistik raketalar, harbiy shtablar va dengiz kuchlari obyektlariga qariyb toʻrt mingta zarba bergan.

Shu bilan birga, keng koʻlamli havo hujumlariga qaramasdan, Eronning harbiy salohiyatining katta qismi saqlanib qolgani aytilmoqda. “The New York Times”ning xabar berishicha, amerikalik rasmiylar Kongressga bergan yopiq brifinglarda Eron hali raketalar zaxirasining taxminan yarmiga va dronlarining katta qismiga ega ekani qayd etilgan.

Harbiy operatsiya boshlanishini AQSH va Isroil tomonlari oldini oluvchi zarba va Eronning yadroviy dasturi bilan bogʻliq taxminiy xavflar bilan izohlagan edi. Biroq endilikda ular ochiq ayta boshlaganidek, maqsadlar orasida hokimiyat almashuvi masalasi ham koʻrib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер