AQSH sudi Bayden maʼmuriyatining ishchilarni majburiy emlash haqidagi talabini rad etdi
Foto: Wall Street Journal
AQSH sudi Bayden maʼmuriyatining 100 yoki undan ortiq odam ishlaydigan kompaniyalar xodimlarini majburiy emlash yoki haftalik sinovdan oʻtkazish talabini rad etdi. Baʼzi davlatlar ham bu talabdan shikoyat qilishgan. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Aytilishicha, AQSHning beshinchi okrugi uchun apellyatsiya sudi Amerika prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining ishchilarni koronavirusga qarshi majburiy emlash yoki ularni muntazam tekshiruvdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlamagan.
Oq uy payshanba kuni oʻz veb-saytida yangi talabning tafsilotlarini AQSH Mehnat Departamentining Mehnatni muhofaza qilish va sogʻliqni saqlash boshqarmasiga taqdim etgan edi.
Talabga koʻra, 100 nafar va undan ortiq kishi ishlaydigan korxonalar xodimlari 4-yanvargacha emlashlari, emlanmaganlar esa haftada kamida bir marta testdan oʻtishi kerak. Qoida 84 million ishchini qamrab olishi kerak edi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring